Anori dona-yu dona,
Qadrli ota-yu ona.
Topilur do'stu begona,
Topilmas ota-yu ona.
Qanot bersa, uchib borsam,
Qadrli onamni ko'rsam.
Onam bilan suhbatlashib,
Yurak-bag'rim bayon etsam. {x3}
Yordam bergin, osmon,
Hayotda kuchli bo'lishga,
Intilishga, baxtim uchun
Kurashishga yordam bergin. (x2)
Navo derlar, vafo derlar,
Vafoni beda’vo derlar.
Mahallangdan o'tar bo'lsam,
Otasi yo'q gado derlar.
Piyolamning sariq rangi
Mening rangimga o'xshaydi.
Ichidagi qora choyi
Yurak dog'imga o'xshaydi. {x3}
Yordam bergin, osmon,
Hayotda kuchli bo'lishga,
Intilishga, baxtim uchun
Kurashishga yordam bergin. (x2+x1+x2)