Ketayabsan ishonmay sevganimga,
Yurakni yaralab, ketarsan qaylarga?
Ko'nglimni qoralab, boqarsan o'zgalarga,
Ishongim kelmayabdi, topgandim saralab-saralab,
Saralab-saralab.
Nahotki, sevgimiz aylandi armonlarga?
Nahotki, orzular aylandi saroblarga?
Nahotki, va’dalar aylandi yolg'onlarga?
Dard yutib yig'ladim, qoldirding azoblarga.
Endi sevgim topib bergin, topib ber,
Yig'laydi yurak, kulavergin, kulaver.
Yolg'on yo'ldan boravergin, boravergin,
Boraver, ketaver. (x2)
Unutolmay, ko'nolmay yo'qligimga,
Izlaysan meni ko'p, zor bo'lib izlarimga.
Qaytmayman endi yo'q, yolg'on muhabbatingga,
Eslama endi yo'q, yuragim yaralab-yaralab,
Yaralab-yaralab.
Nahotki, sevgimiz aylandi armonlarga?
Nahotki, orzular aylandi saroblarga?
Nahotki, va’dalar aylandi yolg'onlarga?
Dard yutib yig'ladim, qoldirding azoblarga.
Endi sevgim topib bergin, topib ber,
Yig'laydi yurak, kulavergin, kulaver.
Yolg'on yo'ldan boravergin, boravergin,
Boraver, ketaver. (x2)