Men xohlardimki shuni
Sen bo'lsang yonimda.
Ko'zlarim yo'lingdadir,
Nega sen kelmaysan?
Shahlo ko'zlaringni ko'rsam,
Shirin so'zlaring tinglasam,
Bundan ortiq baxt yo'qdir menga. (x2)
Shahlo ko'zli malikam,
Shirin so'zli malikam,
Buncha meni qiynama,
Ko'zlarimni yoshlama. (x2)
Unutarsan sen meni,
Men esa hech qachon.
Baxtingni topdingmi, jonim,
Mensiz qayerdan?
Sevardim-ku, jonim, seni,
Sen ham buni bilarding,
Nima qilay, endi men sensiz? (x2)
Shahlo ko'zli malikam,
Shirin so'zli malikam,
Buncha meni qiynama,
Ko'zlarimni yoshlama. (x2)