Aziz makonim, ko'chalarida beg'am kezgan vatanim maning, zaminim maning,
Xayolan har tomonla solib, sog'inib boqadigan mehru nazarim maning.
Har manzili hotirjam, tinch-osoyishtalikda bor bo'lib kelgan, mardona g'ururim maning,
Aziz makonim, vatanim maning, jon tomirimdagi ruhim, halovatim hamda madadkorim maning.
Sayr etdim har tomonni, o'zingdan o'zga – yiroqlar makoni,
O'tkazdi boshimdan g'ariblik zamonini, yurakdan his qildim ona vatanim qadrini.
Mehribon otamning aytgan shirin so'zini, bobolarimning suhbatlari, bergan nasihatlarini,
Qayda bo'lsam ham shoshaman tomoningga, xumorman har bir bag'ringda o'tkazgan kunu tunimga.
Vatanim maning, tanho g'ururim maning,
Vatanim maning, jannatmakonim maning.
Vatanim maning, tanho g'ururim maning,
Vatanim maning, jannatmakonim maning.
Yoshligimdan beri mehrimni qozongan bepoyon o'lkam, hullas-kalom asli nima desam ham kam,
Vatanim maning, Makkayu Madinam, ko'ksimni tik ko'tarib yura oladigan zaminim maning.
Bitmas xazinam, jonimdan ham aziz bo'lgan o'lkam, maning afsonam,
Dunyoga har yo'nalishlari bilan tanilgan mardona o'lkam, maning jasur mardona o'lkam.