Yuragimni maftun etgan go'zalim o'zingsan,
Holimni ham zabun etgan sevgilim o'zingsan,
Yonimga kel, yorim.
Xumor-xumor ko'zlaringning shaydosi o'zimman,
Shirin-shirin so'zlaringning gadosi o'zimman,
Zor etma sen, jonim.
Voy-voy, buncha yoqimtoy, go'zallikka boy,
Xayolim oldi bu chiroy.
Voy-voy, buncha yoqimtoy, go'zallikka boy,
Misoli osmondagi oy. (x2)
Muhabbatim rad etmagin, xayolim o'zingsan,
Sog'inaman, noz etmagin, go'zalim o'zingsan,
Yonimga kel, yorim.
Hijroningda yondirmagin, oshig'ing o'zimman,
Firoqlarda qoldirmagin, Majnuning o'zimman,
Yonimga kel, yorim.
Voy-voy, buncha yoqimtoy, go'zallikka boy,
Xayolim oldi bu chiroy.
Voy-voy, buncha yoqimtoy, go'zallikka boy,
Misoli osmondagi oy. (x2+x1)