[Timur]
Yurak qo'msab seni sog'inar,
Bexabarsan, bexabar.
Balki sen ham o'ylab yig'laysan,
Bexabarman, bexabar. (x2)
[Shoxrux]
A, bexabar…
Qaylardasan – bu man uchun mavhum,
Qaylardaman – qizig'i yo'q san uchun.
Balki izlagansan, balki sog'ingansan,
Kechalari yig'lagandirsan balki yum-yum.
Yana bir zum bu qora tun,
Ko'zlaring qorasini sog'indim axir, tushun.
Beparvo bo'lmoqlikka qilaman ko'plab harakat,
Ko'zguga termulganda ko'raman ko'zimda nafrat.
Bu na jazo a, manzilimga ko'ndalang?
Bemorlikka tik bordim, izg'irinda boshyalang.
Yuragim parcha-parcha muz, bir parcha muz,
Go'yo kimdir gapirganday: “umidingni uz”.
Tutma oson, dardim doston,
Uning rasmini chiz menga, tiniq osmon.
Nozik gulim gapir, ayriliqqa ne sabab?
Qo'lingdan kelsa qutqar, sabrim bormoqda tugab.
[Timur]
Yurak qo'msab seni sog'inar,
Bexabarsan, bexabar.
Balki sen ham o'ylab yig'laysan,
Bexabarman, bexabar. (x2)
[Shoxrux]
Manzilning oxiri yo'q, tubsiz jarlik,
Yupatish o'rniga qildim o'jarlik.
Eh, bu xudbinlik, o'zimman ahmoq,
Qo'lingdan tutganimda bo'lardik baxtliroq.
Shoshma bir zum, aybdor o'zim,
Shu so'zlarni gapirmay qanday turoldim jim?
Ko'zlaring yo'limdami, kezaman darbadar bo'lib,
Ko'zlarim yo'lingda, sog'indim naqadar, jonim.
Bunda jazo, bo'ldima naqadar darbadar,
Ayriliq azobidan yuragim kesadi xanjar.
Har nafasda she’r bitaman go'yo qalandar,
Yodimdagi tasviring man uchun mo'tabar.
Yetmas sabr, bu dard og'ir,
Yo'llarimda qopqon, har bir manzilim zanjir.
Nozik gulim gapir, ayriliqqa ne sabab?
Qo'lingdan kelsa qutqar, umrim o'tmoqda qo'msab.
[Timur]
Yurak qo'msab seni sog'inar,
Bexabarsan, bexabar.
Balki sen ham o'ylab yig'laysan,
Bexabarman, bexabar. (x3)
[Shoxrux]
Bexabar…