Yolg'iz nechalar tunlar tinmay,
Xayollarimda tinim bilmay,
Ko'zlarimga hech kim ko'rinmay,
Seni eslayman.
Balki meni sog'inchlar har on
Sensizlikda solar begumon,
Tushlarimga aylanib armon,
Seni eslayman.
Maftun bo'lib, ko'zlaring izlayman,
Mahzun bo'lib, sevgingni qo'msayman.
Sensiz yurak hijronlarga to'lib,
Seni so'rayman, seni, seni.
Seni so'rayman-man-man-man,
Seni eslayman-man-man.
Seni so'rayman-man-man-man,
Seni eslayman-man-man.
Ko'zlarimda aksing namoyon,
Atrofimda yuribsan go'yo.
Tushlarimga aylanib ro'yo,
Seni izlayman.
O'tar kunlarim uzunroqday,
Sensiz orzularim yiroqday.
Har bir kunim baxtsiz, firoqday,
Seni izlayman.
(Maftun bo'lib, ko'zlaring izlayman,
Mahzun bo'lib, sevgingni qo'msayman.
Sensiz yurak hijronlarga to'lib,
Seni so'rayman, so'rayman, so'rayman.)
Maftun bo'lib, ko'zlaring izlayman,
Mahzun bo'lib, sevgingni qo'msayman.
Sensiz yurak hijronlarga to'lib,
Seni so'rayman, seni, seni.
Seni so'rayman-man-man-man,
Seni eslayman-man-man.
Seni so'rayman-man-man-man,
Seni eslayman-man-man.