[Shuhrat Yo'ldoshev]
Bir qiz bor-a, ko'chamizdan o'tadi har kunda,
Xayoli parishon, ko'zlari unda bunda.
Nega, ko'zlari kimda, uning xayoli kimda,
Qarashi ne ma’no? (x2)
[Shohruhxon]
Balki uning yuragi xasta,
Yoki xoyu havasda,
Yoki kimdir bergan ozor,
Holin so'ra, yoniga bor.
Qizginaning yuragi xasta,
Yo sevgidan shikasta.
Bir gul berib ko'nglini ol,
Ko'z yoshlari bo'lmasin uvol.
[Shuhrat Yo'ldoshev]
Dona-dona qadamini sekingina tashlab,
Kelar ma’yus, nigohi yuragimni g'ashlar,
Yana o'tlarga tashlar, bu o'tli qarashlar,
Qilar mani ado.
Yanada dona-dona qadamini tashlab,
Kelar ma’yus, nigohi yuragimni g'ashlar,
Yana o'tlarga tashlar, bu o'tli qarashlar,
Qilar mani ado.
[Shohruhxon]
Balki uning yuragi xasta,
Yoki xoyu havasda,
Yoki kimdir bergan ozor,
Holin so'ra, yoniga bor.
Qizginaning yuragi xasta,
Yo sevgidan shikasta.
Bir gul berib ko'nglini ol,
Ko'z yoshlari bo'lmasin uvol. (x2)