Ikkimizning o'rtamizda
Yo'q, diloro, bir qadam.
Shunchalar mushkulmi qo'ymoq
Senga, zebo, bir qadam?
Shunchalar mushkulmi qo'ymoq
Senga, zebo, bir qadam?
Ko'zlarimning nuri bo'ldi
Yo'lga poyandoz, kel.
Ko'zlarimning nuri bo'ldi
Yo'lga poyandoz, kel.
Men seni Zuhroyu Oy deb,
ltijo qildim va lek –
Sen yiroqsan, garchi menga
Oyu Zuhro bir qadam.
Sen yiroqsan, garchi menga
Oyu Zuhro bir qadam.
Bas, shikoyat qilma, Erkin,
Jur’at aylab yo'lga chiq. (x2)
Senga bir odim Samarqand,
So'ng Buxoro bir qadam. (x2)
Yo'q, diloro, bir qadam… {x3}