Ketmoq uchun kelarkan odam,
Bir zumda ham o'larkan odam. (x2)
Toshlarni darz yormoqda nolam, {x2}
Saratonda sovqotdim, otam-ey,
Sizni qandoq yo'qotdim, otam. (x2)
Yashnab turib, qurisa bog'im,
Yonib turib, o'chsa chirog'im. (x2)
Qanday ketsin {x2} yurakdan dog'im-ey,
Deyman: otam qayon ketdilar,
Derlar: otang ayon ketdilar.
Deyman: otam qayon ketdilar,
Derlar: otang ayon ketdilar.
Armon toshi og'ir tosh ekan,
Sog'inch yoshi achchiq yosh ekan, (x2)
Boqiy baxtga otam bosh ekan,
Otam bizni tashlab ketdilar,
Ko'zimizni yoshlab ketdilar.
Otam bizni tashlab ketdilar,
Ko'zimizni yoshlab ketdilar.
Onajonim mung'ayib qoldi,
Odam g'amdan ulg'ayib qoldi,
Hatto dunyo sog'inchdan toldi-ey,
Mening shunday otam ketdilar,
Mening kunday otam ketdilar.
Yashasangiz bo'lardi axir,
Qaydan keldi shum ajal, baxil?
Yuzlarimda sarg'aydi sabr,
G'am-anduhlar bag'rim tutdilar,
Otam bizni tashlab ketdilar.
Vafo topdi sizdan qanchalar,
Shifo topdi sizdan qanchalar.
Yuragimga nashtar sanchilar,
Ayting, ajal o'qmidi, ota,
Sizga shifo yo'qmidi, ota?
Qiyomatga qoldimi diydor,
Qiyomatdan qandoq xabar bor? (x2)
Ishonganim – bir Parvardigor,
Jannatlardan joy bersin, otam,
Sizni qandoq boy berdim, otam.
Jannatlardan joy bersin, otam,
Sizni qandoq boy berdim, otam. {x2}
Saratonda sovqotdim, otam,
Sizni qandoq yo'qotdim, otam. {x2}