Sendan maktub oldim bo'm-bo'sh bir varoq,
 Yurak sensiz bo'm-bo'sh deganingmi bu?
 Yoki oq niyatga yozuvsiz bir sharh,
 Yoki bo'sh ko'nglimga tutdingmi ko'zgu? (x2)
Yoki muz o'lkasin eslatib shundoq,
 Yodga solmoqchisan qish-qahratonni.
 Yoki sovuganman dedingmi mutloq,
 Behuda o'tlarga solma deb jonni?
 Sendan maktub oldim bo'm-bo'sh bir varoq…
Menga xat yoz degan bo'lsang ehtimol,
 Ipak qog'ozingga labimni bosdim.
 Ko'chamda shovillab oqarkan shamol,
 Sening maktubingga shu she’rni yozdim. (x2)
Yoki muz o'lkasin eslatib shundoq,
 Yodga solmoqchisan qish-qahratonni.
 Yoki sovuganman dedingmi mutloq,
 Behuda o'tlarga solma deb jonni?
 Sendan maktub oldim bo'm-bo'sh bir varoq…
Yoki muz o'lkasin eslatib shundoq,
 Yodga solmoqchisan qish-qahratonni.
 Yoki sovuganman dedingmi mutloq,
 Behuda o'tlarga solma deb jonni?
Sendan maktub oldim bo'm-bo'sh bir varoq,
 Yurak sensiz bo'm-bo'sh deganingmi bu?
 Yoki oq niyatga yozuvsiz bir sharh,
 Yoki bo'sh ko'nglimga tutdingmi ko'zgu?
Sendan maktub oldim bo'm-bo'sh bir varoq…