Yulduzim deb izlaganim,
Armonlarda bo'zlaganim,
Kecha-kunduz so'zlaganim,
Siz o'shamu, siz o'shamu? (x2)
Olislardan topmaganim,
Ammo aslo tonmaganim,
O'ylab-o'ylab qonmaganim,
Siz o'shamu, siz o'shamu?
Peshonamga taqdir bitgan,
Yuragimni abgor etgan,
Otabegim, deya kutgan,
Siz o'shamu, siz o'shamu? (x2)
Tushlarimga kirib yurgan,
Yulduzlarday yonib turgan,
Meni o'ylab xayol surgan,
Siz o'shamu, siz o'shamu? (x2)
Qolmang deyman zavolimga,
Jamolingiz xayolimda,
Dilim dardi savolimda,
Siz o'shamu, siz o'shamu?
Peshonamga taqdir bitgan,
Yuragimni abgor etgan,
Otabegim, deya kutgan,
Siz o'shamu, siz o'shamu? (x2+x2)
Siz o'shamu… Siz o'shamu…