Mana yana keldi payt nafosatingdan voz kechishga,
Mana yana keldi payt sensiz olis bulutlar kezishga.
Mana yana gulladi o'rik, sen esa negadir g'amgin,
Bilaman, asalim, og'ir, meni ham harakat qil, tushungin.
Bilaman qanchalik mushkul, tavakkalga ko'nib butkul,
Ne qilayki o'zgartirsam, beshafqat vaqtni to'xtatsam.
Ammo sen o'ksinma hech, baxtga yetgaymiz,
Erta-yu kech, erta-yu kech.
Agar sevgi o'lim bo'lsa, jonim beray seni deb,
Agar sevgi azob bo'lsa, g'amlar tutay seni deb,
Agar sevgi armon bo'lsa, fido bo'lay seni deb,
Agar sevgi najot bo'lsa, uni kutay seni deb.
Mana yana keldi payt nafosatingdan voz kechishga,
Mana yana keldi payt sensiz olis bulutlar kezishga.
Mana yana gulladi o'rik, sen esa negadir g'amgin,
Bilaman, asalim, og'ir, meni ham harakat qil, tushungin.
Olis masofalar, uzoq yurtlar kezdim seni deb, yodimdadir va’dalar,
Barcha mushkul berilgan ne sinovlar, hammasiga bardosh bera olaman.
Toki hayotman, toki bor umid, toki dilimda muhabbat urar,
Shuni bilgin, men senga qaytarman, albatta qaytarman!
Unutma, sen uchun borim fido,
Ishonaman, Tangrim bizlarni qilmas judo.
Hozircha xayr, alvido, meni kut pishganda xurmo!
Mana yana keldi payt nafosatingdan voz kechishga,
Mana yana keldi payt sensiz olis bulutlar kezishga.
Mana yana gulladi o'rik, sen esa negadir g'amgin,
Bilaman, asalim, og'ir, meni ham harakat qil, tushungin.
Meni kutgil va men qaytarmen,
Faqat kutgil juda intizor.
Kutgil yomg'ir zeriktirganda,
Meni kutgil yoqqanida qor.