Bulbulzabon til berding,
Sevgi to'la dil berding,
Mangu qo'shig'im bo'lding, o'zbegim.
Yigirma besh yoshdasan,
Gultojimsan boshdasan,
Sen boshqasan, boshqasan, o'zbegim.
Tuprog'i to'tiyo yurt,
Bag'ri to'la ziyo yurt,
Osmonda oy yagona,
Yerda o'zing tanho yurt.
Kimlarga armon bo'lding,
Kimlarga darmon bo'lding,
Buyuk ipak yo'lida
Eng ulug' karvon bo'lding.
Bulbulzabon til berding,
Sevgi to'la dil berding,
Mangu qo'shig'im bo'lding, o'zbegim.
Yigirma besh yoshdasan,
Gultojimsan boshdasan,
Sen boshqasan, boshqasan, o'zbegim.
Mohitabon o'zbegim, shirinzabon o'zbegim! {x2}
Quchog'ing kezib yurdim,
Iqboling sezib yurdim,
Suygansan onam bo'lib,
Baxtingda baxtim ko'rdim.
Kimlarga armon bo'lding,
Kimlarga darmon bo'lding,
Buyuk ipak yo'lida
Eng ulug' karvon bo'lding.
Bulbulzabon til berding,
Sevgi to'la dil berding,
Mangu qo'shig'im bo'lding, o'zbegim.
Yigirma besh yoshdasan,
Gultojimsan boshdasan,
Sen boshqasan, boshqasan, o'zbegim.
Mohitabon o'zbegim, shirinzabon o'zbegim! {x2}
Hey yurtim, o'zim aylanay, o'zim o'rgilay,
Hey yurtim, adoying bo'lay, fidoying bo'lay.
Mohitabon o'zbegim, shirinzabon o'zbegim!
Mohitabon o'zbegim, shirinzabon o'zbegim!