Yuragim to'xtovsiz urmoqda,
Tunim behuzur bo'lmoqda.
Xayolim bir nishon bermoqda,
Senga nimadir bo'ldimi?
Yomg'ir bo'lib yig'layapman,
Ko'ksim mushtlab tig'layapman,
Ne qilarim bilmayapman, yor. (x2)
Kunlarim o'tmay qoldi,
Tunlarim o'tmay qoldi,
Bardoshim yetmay qoldi,
Senga nimadir bo'ldimi?
Ohlarim bir bayt, jonim,
Halovatga qayt, jonim.
Xastamisan, ayt, jonim,
Senga nimadir bo'ldimi?
Hijron qilmasin adovat,
Diydor ko'rsatsin sahovat,
Xudoga topshirdim seni omonat. (x2)
Kunlarim o'tmay qoldi,
Tunlarim o'tmay qoldi,
Bardoshim yetmay qoldi,
Senga nimadir bo'ldimi?
Ko'zyoshlaring bo'ldi art,
Yuqtirmayman biror gard.
Baxtga sodiq bitta mard –
Yonginangda men borman.