Kechalari uxlamay o'ylayman seni bedor,
Shirinim, shakarim, kelaqol.
Sog'inchim bir zum tinmay qiynaydi, berar ozor,
Shirinim, shakarim, kelaqol,
Holim bemor, dardimni ol.
Shirin-shirin so'zli, shahlo, qaro ko'zli,
Seni o'ylab, jonim, tinmay kutaman.
Shirin-shirin so'zli, shahlo, qaro ko'zli,
Ne bo'lsa ham bilgin, seni sevaman.
Ko'zlaringga qarasam, baxtliman ayni shu dam,
Yolg'izim, chin so'zim, erkam.
Sensizlikni o'ylasam, bosadi yuragim g'am,
Yolg'izim, chin so'zim, erkam,
Holim bemor, dardimni ol.
Shirin-shirin so'zli, shahlo, qaro ko'zli,
Seni o'ylab, jonim, tinmay kutaman.
Shirin-shirin so'zli, shahlo, qaro ko'zli,
Ne bo'lsa ham bilgin, seni sevaman.