O'kinch to'la qalbda ro'yolar isyon,
Yurgan yo'llar yuragimga kelsa tor,
Agar tuyg'ularim bo'lsa shuncha xor,
Hislarimni ko'zlaringga ko'mib qo'y.
Chaman-chaman bog'lar bir kun so'ladi,
Ne tog'lar uqalanib, qum bo'ladi,
Inson sevib, nafrat qilib o'tadi,
Hislarimni ko'zlaringga ko'mib qo'y.
Oqar suvlar aytmadimi?
Uchgan qushlar aytmadimi?
Hech yo'q yurak sezmadimi?
Yoningdaman, yoningdaman.
Ko'zlarga parda osdilar,
Meni sendan ayirdilar,
Sen esa hali sezmading –
Yoningdaman, yoningdaman.
Agar so'rsang, qismatimdan roziman,
Cheksiz sevgining dardini chekaman.
Asl sevgi dardin bilmoq istasang,
Hislarimni ko'zlaringga ko'mib qo'y.
O'kinch to'la qalbda ro'yolar isyon,
Yurgan yo'llar yuragimga kelsa tor,
Agar tuyg'ularim bo'lsa shuncha xor,
Hislarimni ko'zlaringga ko'mib qo'y.
Oqar suvlar aytmadimi?
Uchgan qushlar aytmadimi?
Hech yo'q yurak sezmadimi?
Yoningdaman, yoningdaman.
Ko'zlarga parda osdilar,
Meni sendan ayirdilar,
Sen esa hali sezmading –
Yoningdaman, yoningdaman. (x2)
Yoningdaman, yoningdaman, yoningdaman…