Ikki yuz yigirma besh kilo
Hamda uch yuz gramm vaznim,
Keragidan ortiq oz-moz,
Begemotdayman salkam.
Chorsu bozoriga borsam,
Loyiq kiyim topilmas. (aniq-ku!)
Qornim ochsa, ko'zimga
Hech kim ko'rinmas.
Baq-baqa, baq-baqaloq,
Ko'ngil chaqaloq,
Bezori emas, beozorman.
Baqa-baqa, baq-baqaloq,
Katta qo'g'irchoq,
Ko'ngli toza, yaxshi bolaman.
Uchrashuvga bordim,
Erinmasdan gul ko'tarib,
Yasan-tusan, oppoq bola,
Kostyum-shimni tarsillatib.
Lebopsatiya,
Plastik xirurgiya kerakmas,
Do'mbog'im yoqding manga,
O'xshatmasdan uchratmas.
Baq-baqa, baq-baqaloq,
Ko'ngil chaqaloq,
Bezori emas, beozorman.
Baqa-baqa, baq-baqaloq,
Katta qo'g'irchoq,
Ko'ngli toza, yaxshi bolaman.
Ikki yuz yigirma besh kilodan
Ozishim kerak,
Ellik razmer kostyum-shimga
Sig'ishim kerak.
Oppog'im, do'mbog'im,
Senga yoqishim kerak.
Sen ham menga yoqish
Uchun ozishing kerak.
Baq-baqa, baq-baqaloq,
Ko'ngil chaqaloq,
Bezori emas, beozorman.
Baqa-baqa, baq-baqaloq,
Katta qo'g'irchoq,
Ko'ngli toza, yaxshi bolaman. (x2)