O'ylab, o'yimga yetolmayapman,
G'am-qayg'udan ketolmayapman.
Qancha afsus cheksam baribir,
Xotiralarni kecholmayapman. (x2)
Armonga do'st bo'ldi xotiralar,
Qalbimga tig' urdi xotiralar.
Bevafoni bo'ldi eslatmagin,
Xotiralar… (x2)
Kuyib-kuyib kul bo'ldi yurak,
To'yib-to'yib yig'lar sodda qalb.
Nega buncha shafqat qilmaysan?
Xotiralar, xotiralar…
Armonga do'st bo'ldi xotiralar,
Qalbimga tig' urdi xotiralar.
Bevafoni bo'ldi eslatmagin,
Xotiralar… (x2)