Hayajoning yo'q yuraging zarbida,
Balki nedir bor qalbingning qalbida.
O'zgachasan bugun sevgim oldida,
Yaqinlashib kelmoqdami ayriliq?
Shuncha sevdim, sevganlarim kam bo'ldimi?
Ne xohlasang, paydo qildim, kam bo'ldimi?
Aytolmaganlaring oxir jam bo'ldimi?
Yaqinlashib kelmoqdami ayriliq?
Uyalma, aytaqolgin,
Istadingmi? Ketaqolgin.
Sen bemalol kelaqolgin, “Ayriliq”.
Vafo ne ekanligin bilmabsan,
Bevafo, balki jimgina kulyapsan.
Dilrabo, menga armon bo'lyapsan,
Bir davo ko'rmay ravo ketyapsan.
Endi bildim, har bir so'zing
Yolg'on ekan, yolg'on.
Mehr bilan boqqan ko'zing
Yolg'on ekan, yolg'on.
Seni sevib aldandimmi?
Zahrin sochar armon.
Yaqinlashib kelmoqdami ayriliq?
Sen eding qalbim keragi,
Orzuyim tanho tilagi. (x2)
Tugar sevgimning ertagi, {x2}
Yaqinlashib kelmoqdami ayriliq?
Uyalma, aytaqolgin,
Istadingmi? Ketaqolgin.
Sen bemalol kelaqolgin, “Ayriliq”.
Vafo ne ekanligin bilmabsan,
Bevafo, balki jimgina kulyapsan.
Dilrabo, menga armon bo'lyapsan,
Bir davo ko'rmay ravo ketyapsan. (x2)