Ertalab azon yo'l olaman “lager” tomon,
Uch haftadan beri bu hol etadi davom,
Sevgan yorim nimalarni qiladi havas?
Kecha oltin baliqchani qilgandi “zakaz”.
Magazinda sotiladi baliq kilolik,
“No” va’da qilganimga o'xshamaydi unchalik.
Yorimning ko'ngli nozik bo'lmasa bunchalik,
Tilla tanga baliqchani qayerdan olay?
Bog'chada bo'ldik birga,
Maktabda urushdik rosa,
Oliygohda ham birga,
Bog'landik bir umrga. (x2)
Apelsin-u, ananas-u, banan-u, kokos,
Faqat yo'q narsani so'ramagin, iltimos.
Qidirib topgan narsamni keltirsam hamon,
“Svejiy”ligidan negadir qilasan gumon.
Magazinda sotiladi baliq kilolik,
“No” va’da qilganimga o'xshamaydi unchalik.
Yorimning ko'ngli nozik bo'lmasa bunchalik,
Tilla baliqchadan “manniy kasha” foydali.
Bog'chada bo'ldik birga,
Maktabda urushdik rosa,
Oliygohda ham birga,
Bog'landik bir umrga. (x2+x2)