Oy chiqqanda ko'rgandim,
 Oy to'ldi-ku, Nargizxon.
 Piyolaga yuz qayta choy
 To'ldi-ku, Nargizxon. (x2)
Yana hajringizga
 Qaydan olay toqatni? (x2)
 Yurak degan shunday keng joy
 To'ldi-ku, Nargizxon.
Oh Nargizxon, qo'ymaysiz omon,
 Mehringizdan umidvorman hamon.
 Oh Nargizxon, qo'ymaysiz omon,
 Mehringizdan umidvorman hamon.
Durrachani dol qo'yib,
 Yurgan ko'changiz tor-da.
 Janon, kuyga o'xshaysiz,
 Sayrab turgan dutorda. (x2)
Netay, oshiqlaringiz
 Safi qator-qatorda? (x2)
 Osmonimga oh bilan
 Dod to'ldi-ku, Nargizxon.
Oh Nargizxon, qo'ymaysiz omon,
 Mehringizdan umidvorman hamon.
 Oh Nargizxon, qo'ymaysiz omon,
 Mehringizdan umidvorman hamon.
Sevgi guli barq urib,
 Balandladi avj urib,
 Sizga oshiqligimni
 Turibdi hamma bilib.
 Sizga oshiqligimni
 Turibdi hamma bilib.
Boshqa go'zallar yonimdan
 O'tar endi lab burib, (x2)
 Dilim diydoringizga
 Zor bo'ldi-ku, Nargizxon.
Oh Nargizxon, qo'ymaysiz omon,
 Mehringizdan umidvorman hamon.
 Oh Nargizxon, qo'ymaysiz omon,
 Mehringizdan umidvorman hamon.
Oh Nargizxon… qo'ymaysiz omon…
 Mehringizdan umidvorman hamon.
 Oh Nargizxon…