Maning elim, elatim,
O egnidagi go'zal ahloq degan libosi bor millatim.
Qo'lini ko'ksiga doim bosgan o'zbegim,
Maning elim, g'ururim.
Jonim fido bo'lsin agar-u maning kamida har dam,
Salom-aligi bor,
Oqibatda oxiri tagidagi damo-dam hotirjam,
O'zbegim, maning millatim, donishmand devonxonam.
Bu yerlarni kezdi bo'lib har yon ahli harobotilar,
Devonai mashoyiq, abdollar, ibn Sino bobolarim,
Hazrati Naqshband, darajati ulug'lar, balogardonlar.
Terani koinot sirlarini bilishni istar hamon bu odamzod,
Hozirgi kunda ham noayon bardavom.
Endi aniqlanayotgan bashoratni bilar edi kim?
Ulug'bek bobom!
O'zbegim, maning elim,
O'zbegim, millatim, maning g'ururim.
Zaminim, elim gohida yanada bepoyon har tomon,
To Samarqandu Buxoro, to Xiva tomon.
Bo'ldim gadoing man-o, bo'ldim gadoing man-o,
Yana bu man kezdim dono dunyoning olamida man eng.
Olamida man eng!
Minnatdorman, shukur qilarim bor kechayu kunduz,
Ota-onamning bergan tarbiyatining
Haqqini ado etib bo'lmas ekan hanuz.
Nechun ular bundayin mehribon?
Borliklari bir ulug' in’om!
Farzandining aybini yashirish va avf etishda bardavom.
Chunki ular, chunki ular ham vaqtida shundayin tarbiyat ko'rgan,
Padari buzruklarimga ota-bobolarimdan yaxshilik,
Go'zal muomula, halim bo'lish va qolaversa,
Kechirimli bo'lish degan omillar meros bo'lib qolgan.
Har bir o'zbekning olgan tarbiyati shu.
Avlodi Temuriy nasl-nasab, mana man bu fidokor,
Atadim umuman olganda borimni.
Hattoki har doim gadoing bo'lsam ham roziman umrbod,
O millatim, O'zbegim, bilaman qadringni.
O'zbegim, maning elim,
O'zbegim, millatim, maning g'ururim.
Zaminim, elim gohida yanada bepoyon har tomon,
To Samarqandu Buxoro, to Xiva tomon.
Bo'ldim gadoing man-o, bo'ldim gadoing man-o,
Yana bu man kezdim dono dunyoning olamida man eng.
Olamida man eng!