Mana yana bahor, gulzor bog'imda,
Tabiat uyg'onar ko'z qarog'imda.
Shukur, sog'lom bolajonim qaynoq bag'rimda,
Bahorim, ketmagin, qol Vatanimda.
Yoshlikday ulg'aygin, kurtaklar ochib,
Qishning ayozlari ketsinlar qochib.
Quyoshing nurlarin mehr-la sochib,
Bahorim, ketmagin, qol Vatanimda.
Yurtimga yarashar bir tumorimsan,
Fasllar ichida ko'p xumorimsan.
Intiqib kutganim, kun nahorimsan,
Yomg'irlari, tunlari, tonglari xush bahorimsan.
Gullarga burkagin qorli tog'larni,
Uyg'ot-uyg'ot xazonga to'lgan bog'larni.
Baxsh etib bizlarga baxtli chog'larni,
Bahorim, qolaqol, xur Vatanimda.
Yam-yashil maysalar, alvon lolasi,
Yangi kunni kuylar qushlar nolasi.
Ko'ngilni, dillarni shod qil Navro'z taronasi,
Bahorim, ketma, qol gul Vatanimda.
Yurtimga yarashar bir tumorimsan,
Fasllar ichida ko'p xumorimsan.
Intiqib kutganim, kun nahorimsan,
Yomg'irlari, tunlari, tonglari xush bahorim. (x2)
Yomg'irlari, tunlari, tonglari xush bahorimsan,
Bahorimsan, bahorimsan…