Sohibjamol mahalladan o'tganida,
Atirining hidi ko'chani boshigacha.
O'sha kuni nigohlarimiz qadalganda,
Yaxshi ko'rib qoldim sani
O'zim bilmagan holda.
Ha, so'zlarimga ishon,
Bir bor ko'rib sevib qoldim sani begumon.
Ha, agar bersang bir imkon,
Izlab topar edim yo'l ko'nglingga o'sha on.
Sohibjamol, hey sohibjamol,
Yonimda bo'l mani, yonimda qol.
Jonim bo'lib qol mani, yorim bo'lib qol,
Borimni ol, ey zavoli bor. (x3)
Sani ko'zlaringga qarab orzularim ko'raman,
San mani chaqirma, bir deganda kelaman.
Hayotingga rang-barang ranglar qo'shib beraman,
Oq ko'ylak kiygizib, uyimga o'g'irlab ketaman.
Bo'ldi, sevib bo'ldim,
Sabrimni sinama, yetadi bo'ldi.
Isbotim ko'rding, dalilim bo'lding,
Sendan boshqasiga bermayman ko'nglim. (Yo'g'e?)
Ha, so'zlarimga ishon,
Bir bor ko'rib sevib qoldim sani begumon.
Ha, agar bersang bir imkon,
Izlab topar edim yo'l ko'nglingga o'sha on.
Sohibjamol, hey sohibjamol,
Yonimda bo'l mani, yonimda qol.
Jonim bo'lib qol mani, yorim bo'lib qol,
Borimni ol, ey zavoli bor. (x2)