Malaksan, yo bashar, yo hurg'ulmonsan, bilib bo'lmas,
Bu lutfu, bu nazokat birla sendan ayrilib bo'lmas.
Tikonsiz gul, sadafsiz dur, mashshaqatsiz hunar bo'lmas,
Riyozat chekmaguncha-ey yor vasliga yetib bo'lmas.
Malaksan, yo bashar, yo hurg'ulmonsan, bilib bo'lmas,
Bu lutfu, bu nazokat birla sendan ayrilib bo'lmas.
Ajab berahm dilbarsan, ajab sho'xi sitamgarsan,
Charog'i husni ro'yingdan-ey ko'ngilni ham uzib bo'lmas.
Yuzini oftobini ko'rib, hayron bo'lib qoldim,
Falakka qo'l uzatib, to'lin oyni olib bo'lmas.
Malaksan, yo bashar, yo hurg'ulmonsan bilib bo'lmas
Bu lutfu, bu nazokat birla sendan ayrilib bo'lmas.
Yuzing misli qizil guldur, ko'ngil uchun bulbuli shaydo,
Bu gulning ishqida bulbul, chamandan ayrilib bo'lmas.
Kel ey Mashrab, agar oshiq bo'libsan, bo'lmag'il g'ofil,
Bu g'aflat uyqusidan-ey, ey yoronlar, uyg'onib bo'lmas.
Malaksan, yo bashar, yo hurg'ulmonsan bilib bo'lmas
Bu lutfu, bu nazokat birla sendan ayrilib bo'lmas. (x2)
Malaksan, malaksan, malaksan…