Taqdir bergan sinovlarga ko'nib ketdim,
Mayli deya, bariga qo'l siltab ketdim.
O'tkinchi bu azob ekan – anglab yetdim,
Lekin dilning og'rig'iga malham topmadim.
Unut bo'ldi bevafoning va’dalari,
Mehrdan ham ko'proq ekan zardalari.
Armon bo'lsa bo'lar endi orzularim,
Lekin dilning og'rig'iga malham topmadim.
Ey dil, qayg'ulardan asrolmadim,
Ey dil, sog'inchlaring bosolmadim.
Ey dil, ne davoying, og'rimaysan?
Bunchalar ham qiynalmaysan, ey dil? (x2)
Kulib turdim dilim yig'lab qolsa hamki,
Nolalarim osmonlarga yetsa hamki.
Unut bo'lar bari vaqtlar o'tsa balki,
Afsus, dilning og'rig'iga malham topmadim.
Bugun do'stman yetolmagan armonlarga,
Hasratlarim so'zlab berdim osmonlarga.
Boshim olib ketgim kelar uzoqlarga,
Chunki dilim og'rig'iga malham topmadim.
Ey dil, qayg'ulardan asrolmadim,
Ey dil, sog'inchlaring bosolmadim.
Ey dil, ne davoying, og'rimaysan?
Bunchalar ham qiynalmaysan, ey dil? (x2)