Hey qiz eshit, senga aytar so'zlarim bor,
Men aytaman, ko'nglingga bersa ham ozor,
Tinch qo'ygin, mening sevgimni tinch qo'ygin.
Hech ham uning yonida bo'lma parvona,
Sen uni deb bo'lmagin aslo devona,
Sevmaydi, bilgin, u seni sevmaydi!
U bor joylarda sen hech bo'lmagin paydo,
Urinmagin undan meni etishga judo.
U bor joylarda sen hech bo'lmagin paydo,
Urinmagin undan etishga judo.
Meniki-niki-nikidir faqat,
Bilgin, meniki-niki qalbida muhabbat.
Baribir men senga bildirmayman uni,
U meni sevadi, unutmagin buni.
Meniki-niki-nikidir faqat,
Bilgin, meniki-niki qalbida muhabbat.
Agar sen mening sevgim o'z holiga qo'ysang,
Ishongin, topasan muhabbating albat.
Men bilaman, uni chin dildan sevmaysan,
Sen menchalik uni deb yonib kuymaysan,
Etma xor, o'zingni hecham etma xor.
Vaqtida qayt, unutma qora ahdingni,
Agar kutsang, topasan asl baxtingni,
Sen ishon, mening so'zlarimga ishon.