O' bekorchilar, “privet”, salom,
Bugundan boshlab bekorchilik tamom.
Xullas kalom, el yurtga kerakli bo'laylik,
Ota-onamiz duosini olaylik, “ponyatno”?
[Mirzabek Xolmedov]
O' o'zbegim bolasi, ota-ona erkasi,
Unutma, bugunning albat bordir ertasi.
Omon bo'l, qoqilma, mard bo'l, sotilma,
O'qi, uqi, hunar o'rgan.
Ketmaydi aldov, hiyla, nayrang,
Bo'lmagin mug'ombir, takasaltang.
Hech kimga hech qachon bermagin ozor,
Unutma, bekorchidan Xudo ham bezor.
[Bojalar guruhi]
Bek-bekorchiman demayman aslo,
Bek-bekorchilar berar ozor.
Bek-bekorchi man bo'lmayman aslo,
G'irt bekorchidan hamma bezor. (x2)
Lim-biyam, biyam, lima-biyam, biyam,
Bek-bekorchimas, bek-bekorchimas,
Hamma bezor, bo'lmagan bola emas.
Bek-bekorchilar, taralla yallo,
Bek-bekorchilar, to'g'ri yo'lni tanla!
Tanla, tanla.
[Mirzabek Xolmedov]
O'zbek eliday bo'lgin mag'rur, haybatli,
O'zbek yurtidek mashhur, qudratli.
Omon bo'lgin bolam, seniki bu olam,
Halol topgin oshing, yovga egma boshing.
Bo'lma arazchi yoki hasadchi,
Laganbardor, takabbur yoki yolg'onchi.
Mard bo'lgin, hech kim nomard demasin,
El-yurt suysin, seni maqtasin!
[Bojalar guruhi]
Bek-bekorchiman demayman aslo,
Bek-bekorchilar berar ozor.
Bek-bekorchi man bo'lmayman aslo,
G'irt bekorchidan hamma bezor. (x2)
Lim-biyam, biyam, lima-biyam, biyam,
Bek-bekorchimas, bek-bekorchimas,
Hamma bezor, bo'lmagan bola emas.
Bek-bekorchilar, taralla yallo,
Bek-bekorchilar, to'g'ri yo'lni tanla!
Tanla, tanla.
Bek-bekorchiman demayman aslo,
Bek-bekorchilar berar ozor.
Bek-bekorchi man bo'lmayman aslo,
G'irt bekorchidan hamma bezor. (x2)