To'xtagin, gapim bor,
Shoshilib, ketma yonimdan,
Ey dildor, ey dildor.
Kechalari bedor,
Uyqusizlikdan bo'lib qoldim bemor,
Man bemor.
Har kuni ozor berdi jonim-a,
Nahotki rahmi kelmadi holim-a?
Yoki sevgani bormi, gumonim-a,
Ne qilayin, shudir mani borim-a.
Hali-hali alamimni olaman,
Man bitta gapli bolaman.
Yori bo'lib olib, o'zim bilaman.
Voy asalim, Guli,
Ko'ylaklari gulli.
Savlat to'kib yoningda man,
Yoring bo'lib yuray.
Ay-yay Guli,
Voy, voy, voy Guli,
Oshiqlaring ichida bitta
O'zim yoring bo'lay.
Tingla, yolg'on emas,
So'zlarimga quloq solgin-ey
Bir pas, voy, bir pas.
Emas oddiy havas,
Kamina aslo unday bola emas,
Befarq emas.
Yana ozor berdi jonim-a,
Nahotki rahmi kelmadi holim-a?
Yoki sevgani bormi, gumonim-a,
Ne qilayin, shudir mani borim-a.
Hali-hali alamimni olaman,
Man bitta gapli bolaman.
Yori bo'lib olib, o'zim bilaman.
Voy asalim, Guli,
Ko'ylaklari gulli.
Savlat to'kib yoningda man,
Yoring bo'lib yuray.
Ay-yay Guli,
Voy, voy, voy Guli,
Oshiqlaring ichida bitta
O'zim yoring bo'lay. (x1+x1)