Yangi kun keldi,
Ammo hayotim o'zgardi,
Chunki onam yo'qdir endi,
Mening azizim butunlay ketdi…
Qaytmaydi,
Hech qachon qaytmaydi bu dunyoga,
Qush kabi uchib ketdi osmonga,
Sog'inaman uni men har kuni, oyijon!
Yolg'izman, yolg'izman bu tun, oyijon,
Erkalamaysiz hech qachon,
Sizsiz bo'shadi bu jahon.
Bilaman, dunyoda sizdek seva olmas hech kim,
Butun borligim berardim
Sizni ko'rish uchun, oyim.
Quyosh chiqar va yana botar,
Kimdir abadiy ketar, boshqasi kelar.
Bu hayotda
Hech kim bilmaydi oxirini. (x2)
Uyimiz bo'shdek,
Yolg'iz o'tirib yig'layman.
Va mehringizni eslayman,
Siz uzoqdasiz, men bilaman.
Sezadi qalbim, siz doimo yonimdasiz,
Farishtadek himoya qilasiz.
Faqat tushlarimga siz kirasiz,
Oyijon!
Yolg'izman, yolg'izman bu tun, oyijon,
Erkalamaysiz hech qachon,
Sizsiz bo'shadi bu jahon.
Bilaman, dunyoda sizdek seva olmas hech kim,
Butun borligim berardim
Sizni ko'rish uchun, oyim.
Quyosh chiqar va yana botar,
Kimdir abadiy ketar, boshqasi kelar.
Bu hayotda
Hech kim bilmaydi oxirini. (x2)
Yolg'izman, yolg'izman bu tun, oyijon,
Erkalamaysiz hech qachon,
Sizsiz bo'shadi bu jahon.
Bilaman, dunyoda sizdek seva olmas hech kim,
Butun borligim berardim
Sizni ko'rish uchun, oyim.