Qishlar ham o'tdi, sendan esa darak yo'q,
Bahoru yozlar o'tdi, sendan darak yo'q,
Xazonlar to'kildi kuzda, darak yo'q.
Oradan qancha yillar o'tdi, xabar yo'q,
Sen ketgan kundan beri menda orom yo'q,
Charchadim, sensizlikka malham yo'q.
Qaytmasliging bilsam ham, nega kutaman?
O'zimni balki shu bilan ovutaman!
Bilmayman, endi sensiz netaman?
Sog'inchimga aslo qarshi borolmayman,
Unutay deyman-u, lek unutolmayman,
Tinmayman, seni yana kutaman.
Xayolimda sen o'zing, yuragimda sen o'zing,
O mani dardim, dardim, dardim sen o'zing.
Xayolimda sen o'zing, yuragimda sen o'zing,
O mani dardim, dardim, dardim o'zing, faqat o'zing.
Senga aytolmagan hali so'zlarim bor,
Bir ozga bo'lsa ham yo'qlasayding bir bor,
Quchardim, rozi edim so'nggi bor.
Xayr demay ketding, senga to'yolmadim,
Vidolashishga ham aslo ulgurmadim,
Bilmadim, sendan o'zga demadim, demadim.
Balki hali ham kech emasdir, ber sado,
Paydo bo'lsang, quvonchdan bo'laman ado,
Ketmasdim yoningdan bir zum aslo, hech aslo.
Telbaga aylanmoqdaman men tobora,
Ko'zlarim seni izlash bilan ovora,
Dardimga topolmadim bir chora.
Xayolimda sen o'zing, yuragimda sen o'zing,
Yuragim dardi, dardi, dardi sen o'zing.
Xayolimda sen o'zing, yuragimda sen o'zing,
O mani dardim, dardim, dardim o'zing, faqat o'zing.
Senga utloza qilsam, sendan darak yo'q,
Ko'z yoshlarim qolmadi, sendan darak yo'q…