Ko'kka boqib yulduz sanayman,
Gohi kecha-kunduz sanayman. (x2)
Sochlarimni ming xil tarayman,
Sog'inaman, yo'llar qarayman.
Sochlarimni ming xil tarayman, jonim,
Sog'inaman, yo'llar qarayman.
Men sizni, men sizni, azizim,
Men sizni, azizim,
Sog'inaman, yo'llar qarayman. (x2)
Dilda bugun yurakda bir cho'g',
Dardlarimda, tilakda bir cho'g'. (x2)
Yerda, suvda, falakda bir cho'g',
Mendek joni halakda bir cho'g'.
Yerda, suvda, falakda bir cho'g', jonim,
Mendek joni halakda bir cho'g'.
Men sizni, men sizni, azizim,
Men sizni, azizim,
Sog'inaman, yo'llar qarayman. (x2)
O'ylaymanu, o'ylarim yetmas,
Sizsiz kecham, kunduzim o'tmas. (x2)
Hayo o'rtar, so'zlarim yetmas,
Xayolimdan xayoli ketmas.
Hayo o'rtar, so'zlarim yetmas, jonim,
Xayolimdan xayoli ketmas.
Men sizni, men sizni, azizim,
Men sizni, azizim,
Sog'inaman, yo'llar qarayman. (x2)
Sog'inaman, yo'llar qarayman… {x2}