Qo'llarimda qalam, o'ylab qoldim bu dam,
Ko'zlarimda shabnam, dilga soldi alam
Benazir sanam.
Topolmasam bir dam, yonib havotirda,
Tongda sabolardan, tunda samolardan
Uni so'rayman.
Ahvolim bilmayman, yonsamda kuymayman,
Unga tik qarayman, ko'zimni yummayman
Ayni shu zamon.
Albatta begumon, yuragim tarjimon
So'zlarim aytishga, oshkora etishga
Kerakmas zabon.
Hay-hay, so'zlariga o'zim mubtalo bo'lay,
Voy-voy, ko'zlaridan ilhomlanib men kuylay.
Hay-hay, so'zlariga o'zim mubtalo bo'lay,
Voy-voy, ko'zlaridan ilhomlanib men kuylay.
So'zlarim benolon, teskari bu osmon,
Shunga aqlim hayron, murojaat et shu on,
Ey, sarvi ravon.
Seni o'ylab hamon, dil bo'lmasin xazon,
Sevilayin mudom, meni ayla shodon,
Sevaman debon.
Ahvolim bilmayman, yonsamda kuymayman,
Unga tik qarayman, ko'zimni yummayman
Ayni shu zamon.
Albatta begumon, yuragim tarjimon
So'zlarim aytishga, oshkora etishga
Kerakmas zabon.
Hay-hay, so'zlariga o'zim mubtalo bo'lay,
Voy-voy, ko'zlaridan ilhomlanib men kuylay.
Hay-hay, so'zlariga o'zim mubtalo bo'lay,
Voy-voy, ko'zlaridan ilhomlanib men kuylay. (x1+x2)