Subhidamdan ko'z ochib,
Ko'rgani rangli surat.
Ko'ziga surtar o'pib,
Yig'lay olmaydi faqat.
Ko'ngliga sig'may dunyo,
Hatto ro'zg'or tashvishi.
Yo'l poylaydi bir ayol,
Kelar deb yo'qlar kishi.
Onajonginam, deb kelsa bir bor,
Keyin hatto jonini berishga tayyor.
Intizor yurak, dil to'la armon,
Faqat shirin xotira dardiga darmon.
O'ylamay desa bo'lmas,
Qo'ymas o'rgangan ko'ngil.
Bag'rida bo'ldi axir
Roppa-rosa o'ttiz yil.
O'zidan o'tganini (hech qachon)
Hech kimga ko'rmas ravo.
Dard ezar yuragini,
Bedavo u, bedavo.
Onajonginam, deb kelsa bir bor,
Keyin hatto jonini berishga tayyor.
Intizor yurak, dil to'la armon,
Faqat shirin xotira dardiga darmon.
Aylanar ko'z o'ngida
So'nggi bor ko'rgan kuni,
Abadiy uyqudagi
Sevimli farzandini.
Go'yoki undan meros
Ozod yurt va tinch osmon,
Bir ayol faxri bugun
Vatan uchun qahramon!
Onajonginam, deb kelsa bir bor,
Keyin hatto jonini berishga tayyor.
Intizor yurak, dil to'la armon,
Faqat shirin xotira dardiga darmon. (x2)