Bugun endi o'z uyimga mehmon kunim,
Xayr deyman erkaligim, poshsholigim.
Shu ekanda qiz bolaning taqdir kuyi,
Baxtli kuni, ko'z yoshini to'kar to'yi.
Yor-yor, yor-yor,
O'zga uyga yangi qiz bo'ldim man, yor-yor.
Yor-yor, yor-yor,
O'z uyimga mehmon bo'ldim endi, yor-yor.
Shu kungacha malikadek asrab otam,
Kelin emas, qizi bo'lgin degan onam.
Kuyov uyin ostonasin bosgan kuning,
O'sha uyning farzandisan, jonim bolam.
Yor-yor, yor-yor,
O'zga uyga yangi qiz bo'ldim man, yor-yor.
Yor-yor, yor-yor,
O'z uyimga mehmon bo'ldim endi, yor-yor.