Ilindim yuragingdagi sevgining
Turlariga, nurlariga.
Aylandim sening mehribon yuragingni
Baxtlariga, quvonchlariga.
Ochilib-sochilib, yashayman erkalanib,
Bizga ko'z tegmasin, ilohim.
Bu orzuli kunlar, men orzu qilgan hayot,
Baxtim aynan shunday ko'rardim.
Dona-dona, dona-dona,
Meni qizg'ona-qizg'ona,
Mening baxtim o'ylagan sensan yagona.
Dona-dona, dona-dona,
Meni qizg'ona-qizg'ona,
Meni baxtli eta olgan sensan yagona.
Bu go'zal hayotning ranglarini
Ko'ra oldim faqat sening yoningda.
Sening yoningda bildim, yondim
Haqiqiy baxtlarimning otashlarida.
Ochilib-sochilib, yashayman erkalanib,
Bizga ko'z tegmasin, ilohim.
Bu orzuli kunlar, men orzu qilgan hayot,
Baxtim aynan shunday ko'rardim.
Dona-dona, dona-dona,
Meni qizg'ona-qizg'ona,
Mening baxtim o'ylagan sensan yagona.
Dona-dona, dona-dona,
Meni qizg'ona-qizg'ona,
Meni baxtli eta olgan sensan yagona.
Dona-dona, dona-dona…
Mening baxtim o'ylagan sensan yagona.
Dona-dona, dona-dona…
Meni baxtli eta olgan sensan yagona.
Dona-dona, dona-dona,
Meni qizg'ona-qizg'ona,
Mening baxtim o'ylagan sensan yagona.
Dona-dona, dona-dona,
Meni qizg'ona-qizg'ona,
Meni baxtli eta olgan sensan yagona. (x2)