O'z qo'ynimdan chiqqan ilonim –
Do'stim menga xiyonat qildi.
Nohaqlikdan og'riydi jonim –
Do'stim menga xiyonat qildi.
Kinolaru kitoblarda ham
Bunchalik ayanchli bo'lmagan.
Ayirdi u muhabbatimdan,
Do'stim menga xiyonat qildi.
Eh do'st, do'st, do'st,
Qancha gaping rost,
Qanchasi yolg'on, aytgin menga?
Do'st bo'lsang,
Yuragimga tushmasdi dog'lar,
Do'stim menga xiyonat qildi.
O sevgilim, o do'stim, nokas,
Shunchalar ham bo'lasanmi past?
Men o'zimdan ayrilganim rost,
Do'stim menga xiyonat qildi.
O'z qo'ynimdan chiqqan ilonim –
Do'stim menga xiyonat qildi.
Nohaqlikdan og'riydi jonim –
Do'stim menga xiyonat qildi.
Eh do'st, do'st, do'st,
Qancha gaping rost,
Qanchasi yolg'on, aytgin menga?
Do'st bo'lsang,
Yuragimga tushmasdi dog'lar,
Do'stim menga xiyonat qildi.
Eh, o'zingdan chiqqan baloga
Qayga ham borarding davoga?
Ishonchlarim uchdi havoga,
Do'stim menga hiyonat qildi
Kinolaru kitoblarda ham
Bunchalik ayanchli bo'lmagan.
Ayirdi u muhabbatimdan,
Do'stim menga xiyonat qildi.
Eh do'st, do'st, do'st,
Qancha gaping rost,
Qanchasi yolg'on, aytgin menga?
Do'st bo'lsang,
Yuragimga tushmasdi dog'lar,
Do'stim menga xiyonat qildi.