[Jamshid Shokirov]
Ikki ko'zi yovdir beomon,
Ko'ra olmay bir-birin inson.
Shayton yo'liga kirgan zamon,
Tavba qilolmas hali-hamon.
Hech o'ylamay, to'g'ri so'zlamay,
Insonligin unutgan.
Yaxshi-yomonni ko'ra olmay,
Yo'ldan adashgan.
[Bojalar guruhi]
Yona-yona bag'ringda to'lar, yona-yona,
Yona-yona bag'ringda to'lar, yona-yona. (x2)
[Jamshid Shokirov]
Firibgarlik qilganda inson,
Xiyonatda doim yonma-yon,
Hech boqmaydi orqasi tomon,
Boshin urib yig'lar hamon.
Boshing egib, afsus chekib,
Qilma pushaymon.
Yaxshilik qil, hamon kech emas,
Qilmaysan armon.
[Bojalar guruhi]
Yona-yona bag'ringda to'lar, yona-yona,
Yona-yona bag'ringda to'lar, yona-yona. (x2)
Firibgarlik ostonasidan qadam bosgan inson
Misoli bir “подвал”dagi kalamushga o'xshaydi.
Bu insonlar ota-onasini norozi qilgan
Sudxo'rlardan ham battaroq insonlarga o'xshaydi.
Firibgar bo'lmagin aslo, san ham firibgar,
Firibgar, firibgar.
Firibgar, arosatdasan doim, firibgar,
Bo'lmagin firibgar.
[Jamshid Shokirov]
Boshing egib, afsus chekib,
Qilma pushaymon.
Yaxshilik qil, hamon kech emas,
Qilmaysan armon.
[Bojalar guruhi]
Yona-yona bag'ringda to'lar, yona-yona,
Yona-yona bag'ringda to'lar, yona-yona. (x2)
Firibgar…